Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish:

Bu sahifada EduPro (edu.pro) ilovalari, ya’ni ota-onalar uchun «EduPro» va xodimlar hamda o‘qituvchilar uchun «EduPro Admin», qanday ma’lumot yig‘ishi, nima uchun ishlatishi va siz uni qanday boshqarishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

Kim nima uchun javob beradi

EduPro — o‘quv markazlari uchun boshqaruv platformasi. Har bir o‘quv markazi platformada o‘z o‘quvchilari, ota-onalari va xodimlari ma’lumotini yuritadi. Bu ma’lumotning egasi va mas’ul tomoni — o‘quv markazining o‘zi. EduPro markaz nomidan ma’lumotni saqlaydi va ilovalar ishlashini ta’minlaydi.

Farzandingizning davomati, baholari yoki to‘lovlari haqidagi savollar bilan avvalo o‘z o‘quv markazingizga murojaat qiling. Platformaning o‘ziga oid savollar uchun: [email protected].

Qanday ma’lumot yig‘iladi

  • Hisob ma’lumotlari: ism, telefon raqam va kirish uchun PIN yoki parol. PIN va parol ochiq ko‘rinishda saqlanmaydi.
  • O‘quv ma’lumotlari (ularni o‘quv markazi kiritadi): o‘quvchining ismi, guruhi, dars jadvali, davomati, baholari, to‘lovlari va qarzi, ota-onaning ismi va telefon raqami.
  • Qurilma ma’lumotlari: bildirishnoma yuborish uchun qurilma tokeni, qurilma turi (Android yoki iOS) va ilova versiyasi.
  • Texnik ma’lumotlar: ilovadagi xatolar haqida qisqa xabar (xato turi, qaysi so‘rov, ilova versiyasi) va server jurnallaridagi IP manzil.

Ilovalar joylashuvingizni, kontaktlaringizni yoki kamerangizni so‘ramaydi va ulardan foydalanmaydi. Reklama yoki foydalanuvchini kuzatish (tracking) uchun kutubxonalar ishlatilmaydi.

Ma’lumot nima uchun ishlatiladi

  • Ilovaga kirish va shaxsni tasdiqlash.
  • Ota-onaga farzandining davomati, baholari, dars jadvali va to‘lovlarini ko‘rsatish.
  • O‘quv markazi xodimlariga markaz ishini yuritishda yordam berish.
  • Bildirishnoma yuborish (masalan, dars yoki to‘lov haqida).
  • Xavfsizlikni ta’minlash va xatolarni topib tuzatish.

Ma’lumotni reklama uchun ishlatmaymiz va sotmaymiz.

Ma’lumotni kim ko‘radi

  • O‘quv markazi xodimlari: o‘zlariga berilgan rol doirasida.
  • Ota-ona: faqat o‘z farzandi (farzandlari)ga tegishli ma’lumotni.
  • EduPro texnik xodimlari: faqat xizmatni ishlatish, qo‘llab-quvvatlash va nosozlikni tuzatish uchun zarur bo‘lganda.

Bir markazning ma’lumotini boshqa markaz ko‘rmaydi.

Uchinchi tomon xizmatlari

Ilovalar ishlashi uchun quyidagi xizmatlardan foydalanamiz; ular ma’lumotni o‘z qoidalariga ko‘ra qayta ishlaydi:

  • Google Firebase Cloud Messaging: Android qurilmalarga bildirishnoma yetkazish.
  • Expo: ilovaning dasturiy yangilanishlarini yetkazish (qurilma ilova versiyasi va platformasi haqida so‘rov yuboradi).
  • Cloudflare: sayt va API trafikini himoyalash va yetkazish.
  • Virtual server (hosting) provayderi: ma’lumotlar bazasi saqlanadigan server.

Saqlash muddati

Ma’lumot o‘quv markazi platformadan foydalanib turgan davrda saqlanadi. Markaz ma’lumotni o‘chirishni so‘rasa yoki siz quyidagi tartibda so‘rov yuborsangiz, uni ko‘rib chiqamiz.

Qonun talab qilgan hollarda ma’lumot uzoqroq saqlanishi mumkin.

Akkauntni o‘chirish

Ota-onalar «EduPro» ilovasida akkauntni o‘zlari o‘chira oladi: ilovada profil yoki sozlamalar bo‘limidan akkauntni o‘chirishni tanlab, PIN kodni kiriting.

Nima o‘chadi: kirish akkaunti (telefon raqamingizga bog‘langan login), shu akkauntga bog‘langan qurilmalar va bildirishnomalar.

Nima qoladi: o‘quv markazi o‘z hisobida yuritadigan yozuvlar, ya’ni o‘quvchi va ota-ona (vasiy) yozuvi, davomat, baholar, to‘lovlar va murojaatlar akkaunt o‘chirilganda o‘chmaydi, chunki ular o‘quv markazining hujjatlari hisoblanadi. Bu yozuvlarni o‘chirish yoki o‘zgartirish uchun o‘quv markazingizga yoki [email protected] ga murojaat qiling.

Xodim va o‘qituvchi akkauntlarini («EduPro Admin») markaz administratori boshqaradi va ularni ilovaning o‘zidan o‘chirib bo‘lmaydi. O‘chirish uchun administratorga yoki [email protected] ga yozing.

Akkaunt o‘chirilgandan keyin o‘quv markazi sizni ilovaga qayta taklif qilishi mumkin.

Bolalar ma’lumoti

Ilovalar ota-onalar, xodimlar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan; bolalar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tmaydi. Bola haqidagi ma’lumotni o‘quv markazi kiritadi va uni qonuniy asosda (masalan, ota-ona roziligi bilan) yig‘ish uchun markaz javobgar. Biz bola haqidagi ma’lumotni bevosita bolaning o‘zidan yig‘maymiz.

Xavfsizlik

Ilova va server o‘rtasidagi aloqa HTTPS bilan himoyalangan, PIN va parollar ochiq saqlanmaydi, har bir foydalanuvchi faqat o‘z roliga ruxsat berilgan ma’lumotni ko‘radi. Hech bir tizim to‘liq xavfsiz bo‘la olmaydi, shuning uchun shubhali holatni darhol [email protected] ga xabar qiling.

Sizning huquqlaringiz

O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotni ko‘rish, to‘g‘rilash yoki o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Buning uchun o‘quv markazingizga yoki [email protected] ga yozing. Shaxsingizni tasdiqlash uchun telefon raqamingiz so‘ralishi mumkin.

O‘zgarishlar

Siyosat yangilansa, shu sahifada yangi sana bilan e’lon qilamiz.

Aloqa

Savol va so‘rovlar uchun: [email protected]