Bosh sahifa

Yordam

EduPro ilovalari bo‘yicha savolingiz bormi? Quyidagi javoblarni ko‘ring yoki bizga yozing.

Biz bilan bog‘lanish

Pochta: [email protected]

Xatda ilova nomini (EduPro yoki EduPro Admin), versiyasini, telefon raqamingizni va muammoni qisqacha yozing: shunda tezroq yordam bera olamiz. PIN yoki parolingizni hech qachon yubormang.

Ilovaga kirish

  • Ota-onalar «EduPro» ilovasiga birinchi marta o‘quv markazi bergan taklif kodi (yoki QR-kod) va PIN bilan kiradi, keyin telefon raqam va PIN bilan.
  • Xodimlar va o‘qituvchilar «EduPro Admin» ilovasiga o‘quv markazi bergan telefon raqam va parol bilan kiradi.
  • Kirish ma’lumotlarini ilovaning o‘zi emas, sizning o‘quv markazingiz beradi.

PIN yoki parol esdan chiqsa

Kirish ma’lumotlarini o‘quv markazingiz boshqaradi. Markaz administratoriga murojaat qiling: u kirishni qayta tiklashda yordam beradi.

Bildirishnomalar kelmasa

  • Telefon sozlamalarida ilova uchun bildirishnomalarga ruxsat berilganini tekshiring.
  • Internet ulanganini va ilova yangi versiyada ekanini tekshiring.
  • Hal bo‘lmasa, qurilma modelini ko‘rsatib bizga yozing.

Ilovani yangilash

Ilova eskirgan bo‘lsa, yangilash taklif qilinadi; ba’zan yangilamasdan davom etib bo‘lmaydi. Ilovani o‘rnatgan joyingizdan (do‘kon yoki markaz bergan havola) yangilang.

Akkauntni o‘chirish

Ota-onalar «EduPro» ilovasida akkauntni o‘zlari o‘chira oladi: ilovada profil yoki sozlamalar bo‘limidan akkauntni o‘chirishni tanlab, PIN kodni kiriting.

Xodim va o‘qituvchi akkauntlarini markaz administratori boshqaradi. Ularni o‘chirish uchun administratorga yoki [email protected] ga yozing.

Diqqat: akkaunt o‘chirilganda o‘quv markazi yuritadigan o‘quvchi va ota-ona yozuvlari markazda qoladi. Tafsilot: Maxfiylik siyosati, «Akkauntni o‘chirish» bo‘limi.

O‘quv markazi egalari uchun

EduPro’ni o‘z markazingizda ishlatmoqchimisiz? Bosh sahifada demo so‘rang yoki [email protected] ga yozing.

Demo so‘rash